1

Terakt tufayli "Krokus Siti"ga etkazilgan zarar miqdori ma`lum qilindi

Dunyo 24.03.2024, 10:10
Terakt tufayli "Krokus Siti"ga etkazilgan zarar miqdori ma`lum qilindi

Terakt tufayli "Krokus Siti" kompaniyasiga etkazilgan zarar miqdori 11,4 milliard rublga etishi mumkin. Taxminiy summani RIA Novosti Savdo markazlari ittifoqi vise-prezidenti Marat Manasyanga tayanib e`lon qildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, terakt vaqtida Sitiga etkazilgan zarar har kvadrat metr uchun 250-300 ming rublni tashkil qiladi, dedi Manasyan. Konsert zalining maydoni 38 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Shunday qilib, zarar 9,5-11,4 milliard rublga etishi mumkin.

Manasyanning ta`kidlashicha, "Krokus Siti" mukammal jihozlangan va Rossiya poytaxtidagi eng yaxshi konsert maskanlaridan biri. "Shuningdek, shikastlangan asbob-uskunalar va konsert jihozlari uchun ham restavrasiya zarur bo`ladi", degan u va parallel import orqali Rossiyaga ko`plab jihozlarni olib kirishga to`g`ri kelishini ta`kidlagan.

Mutaxassislarning prognozlariga ko`ra, tiklash kamida o`n oy davom etadi. 

Avvalroq, moskvalik tadbirkorlar jabrdiydalarga yordam ko`rsatishi ma`lum qilishgan edi. Ular dam olish kunlaridan tushgan mablag`ni ularga yordam berish uchun sarflaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1