1

Rossiyadagi teraktda Islom 100 dan ortiq odamni qutqarib qoldi (video)

Dunyo 24.03.2024, 10:29
Rossiyadagi teraktda Islom 100 dan ortiq odamni qutqarib qoldi (video)

“Crocus” konsert zali garderobida ishlayotgan Islom ismli maktab o`quvchisi 22 mart kuni sodir bo`lgan terakt paytida 100 dan ortiq tashrif buyuruvchilarga ko`chaga chiqishga yordam bergan. 


15 yoshli o`smirning so`zlariga ko`ra, favqulodda vaziyat yuzaga kelganda barcha ma`murlarga ko`rsatma berilgan. Islom faqat ko`rsatmalarga qat`iy amal qilganini aytgan.

Olomon qochishga urinib, boshi berk ko`chaga tushib qolganida, o`quvchi ularga to`g`ri yo`l ko`rsatgan. U tashrif buyuruvchilarni tor yo`lak orqali “Crocus” Ekspo hududiga olib kirib, so`ng ularni xizmat ko`rsatish binosi orqali ko`chaga olib chiqqan.

Eslatib o`tamiz, Krasnogorskdagi terakt 22 mart, juma kuni kechqurun Piknik guruhining konserti oldidan sodir bo`ldi. Kamuflyajdagi noma`lum shaxslar binoga bostirib kirib, o`t ochishgan, shundan so`ng bir necha portlash ovozlari eshitilib, yong`in boshlangan. Tergov qo`mitasi e`lon qilgan so`nggi ma`lumotlarga ko`ra, 133 kishi terakt qurboni bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1