1

O`zbek-qirg`iz avtomobil zavodi may oyida birinchi avtomobilni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Dunyo 24.03.2024, 18:16
O`zbek-qirg`iz avtomobil zavodi may oyida birinchi avtomobilni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Qirg`iziston-O`zbekiston avtomobil zavodi 2024 yil may oyi oxirida birinchi avtomobilni yig`ishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Economist.kg nashri “OAltn tulpar unaa kurulush” loyihasi rahbari Bahodir Baxautdinovga tayanib xabar berdi.

Uning so`zlariga ko`ra, korxona birinchi bosqichda Chevrolet va Isuzu  engil avtomobillarini ishlab chiqaradi va keyinchalik ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi.

Bu Qirg`iziston va O`zbekiston o`rtasida 2023 yil 29 yanvarda imzolangan qo`shma avtomobil zavodi qurilishi to`g`risidagi kelishuv tufayli amalga oshdi.

Zavodni ishga tushirishning rejalashtirilgan sanalari bir necha bor qoldirilgan, biroq oxirgi taxminiy sanalar joriy yilning ikkinchi choragiga ishora qilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1