Chilonzor tumanida sodir bo`lgan 2 ta YTHda 10 ta mashina shikastlandi. Bu haqda IIBB YHXB xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, kecha, 24 mart kuni soat 21:10 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko`chasida 6 ta avtomashinalar ishtirokida;
Haydovchi 2000 yilda tug`ilgan Sh.T. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina;
1997 yilda tug`ilgan I.R. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina;
1982 yilda tug`ilgan M.I. boshqaruvidagi Epica rusumli avtomashina;
1994 yilda tug`ilgan Sh.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina;
1997 yilda tug`ilgan U.K. boshqaruvidagi Nexia 3 rusumli avtomashina;
1995 yilda tug`ilgan M.P. boshqaruvidagi Nexia 2 rusumli avtomashinalari to`qnashuvi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida tan jarohat olganlar yo`q.
Shuningdek, 24 mart kuni soat 00:10 larda Chilonzor tumani Taxtagul-KXAY ko`chalari kesishgan chorrahasida BMW rusumli avtomashina haydovchisi harakat davomida Matiz rusumli avtomashinasining orqa qismiga to`qnashishi, to`qnashuvdan so`ng BMW rusumli avtomashinasi KXAY ko`chasi bo`ylab harakatlanib kelayotgan KIA rusumli avtomashinasining chap tomoniga to`qnashishi, to`qnashuv zarbidan KIA avtomashinasi bir yo`nalishda harakatlanib kelayotgan Malibu 2 rusumli avtomashinasiga to`qnashishi oqibatida yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi va 3 nafar yo`lovchisi shuningdek KIA avtomashinasining haydovchisi va 1 nafar yo`lovchisi tan jarohat olgan, shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.






