AsosiyJamiyat

Bayramda ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo`lishi mumkin

'Bayramda ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo`lishi mumkin'ning rasmi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiev o`zining telegram-kanalida Ramazon hayiti arafasida o`zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozdi. Ta`kidlanishicha, Ramazon hayitining birinchi kuni hozircha aniq emas. Shariat qoidalari bo`yicha Hayit kuni yangi oy ko`rinishiga qarab belgilanadi. Hozirgi rejaga ko`ra, Ramazon Hayitida ketma-ket 3 kun dam olish kuni bo`lishi kutilmoqda.

Bular:

  • 10 aprel, chorshanba — Ramazon hayiti kuni;
  • 11 aprel, payshanba — barcha uchun qo`shimcha dam olish kuni;
  • 12 aprel, juma — 6 kunliklarga qo`shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13 aprel, shanbadan ko`chirilgan dam olish kuni;
  • 13 aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
  • 14 aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

 

Ramazon oyining 30-kuni 9 aprel, seshanba kuniga to`g`ri kelmoqda. Agar yangi oy ko`rinishi o`zgarmasa, unda Ramazon Hayiti 10 aprel, chorshanba kuniga to`g`ri kelishi mumkin.

Prezident farmoniga ko`ra, 11 aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qo`shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12 aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qo`shimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13 aprel, shanbadan ko`chirilgan dam olish kuni bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar