1

Bu Nigeriyada so`nggi yillarda sodir bo`lgan eng yirik odam o`g`irlashlardan biri edi

Dunyo 25.03.2024, 16:05
Bu Nigeriyada so`nggi yillarda sodir bo`lgan eng yirik odam o`g`irlashlardan biri edi

Nigeriya shimolidagi bir ta`lim muassasasidan o`g`irlab ketilgan 200 dan ortiq bola armiya tomonidan olib borilgan operasiya natijasida ozod qilindi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.

Reuters xabariga ko`ra, gubernator harbiylarga “jinoyatchilikni to`xtatish va jamoat tartibini tiklash” imkonini bergan jasorati va qat`iyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Joriy yilning 7 mart kuni ertalab Kuriga qishlog`ida o`quvchilarning umumiy yig`ilishi chog`ida davlat maktabiga hujum uyushtirilgandi. Bu Nigeriyada so`nggi yillarda sodir bo`lgan eng yirik odam o`g`irlashlardan biri edi.

Bungacha, 2014 yilda Nigeriya shimolidagi Chibok shahrida “Boko haram” terrorchilik guruhi 276 nafar o`quvchi qizni o`g`irlab ketgan edi. 2021 yilga kelib ularning 100 dan ortig`i bedarak yo`qolgan. Save the Children tashkiloti Nigeriyada 2021 yil yanvar oyidan avgust oyigacha bo`lgan davrda 1000 dan ortiq bola o`g`irlab ketilganini aytdi.

Nigeriya prezidenti Bola Tinubu xavfsizlikni ta`minlash va maktab o`quvchilari uchun qidiruv-qutqaruv operasiyasiga yordam berish uchun qo`shimcha kuchlarni yuborishni buyurdi. 23 martda Sokoto shtati gubernatori maktab matbuot kotibi Liman Abubakarga ko`ra, o`g`irlab ketuvchilar talab qilgan to`lov to`lanmagan bo`lsa-da, 17 nafar maktab o`quvchisi qo`yib yuborilganini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1