AsosiyJamiyat

ITga qiziquvchi qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta`lim sayohatiga yuboriladi

'ITga qiziquvchi qizlar Birlashgan Arab Amirliklariga ta`lim sayohatiga yuboriladi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi tomonidan o`quvchilarni IT sohasiga qiziqtirish hamda shu yo`nalishdagi tashabbuslarni qo`llab-quvvatlash maqsadida "Raqamli avlod qizlari-2024" Respublika tanlovi bo`lib o`tmoqda. 

Tadbir joriy yilning 29 martiga qadar davom etadi, unda offlayn tarzda 200 nafarga, onlayn shaklda esa 3000 nafarga yaqin qizlar qamrab olindi. 

Bu yilgi tadbirda:

  • Digital Art, 
  • 3D Modelling, 
  • Sun'iy intellekt,
  • Startup loyihalar, 
  • Grafik dizayn kabi yo`nalishlarda gibrid darslar o`tkazilmoqda.

Shuningdek, bu yil ilk bora loyiha doirasida "Liderlar maktabi" yo`nalishi qo`shilgan bo`lib, unda mustaqil loyihalar ustida ishlash hamda  IT sohasida xalqaro grantlar yutish haqida ma`lumot berilmoqda.

 Bugun mashg`ulotlardan tashqari xorijiy va mahalliy spikerlar bilan uchrashuvlar o`tkazildi. Xususan:

"Yangi O`zbekiston" universiteti professsor-o`qituvchisi, misrlik Islam Elhadary tomonidan "Ayollarning veb dizayn bilan shug`ullanishi haqida 5 afsona",

T&T Progress asoschisi Tursunoy Usmonova tomonidan “Ayol-qizlar uchun chet elda o`qish grantlari va dasturlari” mavzularida davra suhbatlari tashkil etildi. 

Respublika tanlovi mashg`ulotlarida eng faol qatnashgan qizlar BAAga ta`lim sayohatini qo`lga kiritishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar