O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchaishi, ayrim joylarda chang-to`zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 23-28° iliq, shimolda 15-20° iliq bo`ladi.
Poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo`ladi.






