AsosiyJamiyat

Umra ziyoratini tashkil etish uchun lisenziya joriy qilinmoqda

'Umra ziyoratini tashkil etish uchun lisenziya joriy qilinmoqda'ning rasmi

Deputatlar «Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to`g`risida»gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish haqida»gi qonuni loyihasini ham birinchi o`qishda ko`rib chiqdilar. Bu haqda O`zLiDeP matbuot xizmati xabar qildi. 

Loyihadan ko`zlangan maqsad  ziyoratchilar “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, xorijda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va kafolatlangan xizmatlardan foydalanishini ta`minlash, davlat xaridlari elektron tizimi operatorlari tomonidan ularni nazorat qilish hamda davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag`lar xavfsizligini va ularni ishonchli saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirishdir.

Qonun loyihasi bilan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar) turlariga davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini kiritish, ushbu harakatni amalga oshirganlik yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olganlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan jarima belgilanyapti.

Shuningdek, “Umra” ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini ta`minlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o`tkazish uchun lisenziya joriy qilinmoqda.

Deputatlar mazkur qonun loyihasini qo`llab-quvvatladilar.


 

 


 

 

    Boshqa yangiliklar