AsosiyJamiyat

O`zbekistonda qaysi sohada va qaysi hududda korrupsiya ko`paygani ochiqlandi

'O`zbekistonda qaysi sohada va qaysi hududda korrupsiya ko`paygani ochiqlandi'ning rasmi

2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat ishlari o`tgan yilgiga nisbatan 11 foizga kamaygan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, o`tgan yili Respublika bo`yicha jami 6 535 nafar shaxs  (2022 yilda 7 414 nafar) korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan bo`lib, 2022 yilga nisbatan javobgarlikka tortilganlar soni 879  nafarga yoki 12 foizga kamaygan. 

Javobgarlikka tortilgan 6 535 nafar shaxsning 1 076 (1482) nafari yoki 16,4 foizi (20 foizi) ozodlikdan mahrum  etilgan.

Eng ko`p sodir etilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish  - 2 067 (2 145), pora berish - 894 (1 061), firibgarlik - 769 (937), pora olish -121 (155) va hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste`mol qilish - 125 (117) hisoblanadi.

2023 yilda korrupsiyaga oid jinoyat sodir etgan shaxslar soni Andijon  971(913), Sirdaryo 472(459), Surxondaryo 332 (302)  viloyatlarida oshgan.

Sohalar kesimida o`tkazilgan tahlillarga ko`ra, xo`jalik yuritish va tadbirkorlik –    (1 550 /1 435ta), ta`lim - (586 /778ta), bank sohasida – (323/381ta), sog`liqni saqlash – (320/384) va huquqni muhofaza qilish (211/222) sohalarida eng ko`p korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etilgan.

 Sog`liqni saqlash tizimiga fuqarolarni kichik tibbiyot xodimi, hamshiralik, feldsherlik va farrosh, maktabgacha ta`lim tizimiga tarbiyachi va texnik xodim, maktab ta`limi tizimiga o`qituvchi va texnik xodim sifatida ishga qabul qilishda korrupsiya holatlari, milliy gvardiya, ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga fuqarolarni pora berishga dalolat qilgan holda firibgarlik yo`li bilan ishga kiritib qo`yish holatlari nisbatan ko`proq kuzatilgan. 

 


 

    Boshqa yangiliklar