AsosiyJamiyat

“Olmazor"–"Yangihayot” metro bekatlari oralig`ida poezdlar harakati vaqtincha bir tomonlama tashkil qilinadi

'“Olmazor"–"Yangihayot” metro bekatlari oralig`ida poezdlar harakati vaqtincha bir tomonlama tashkil qilinadi'ning rasmi

Toshkent metropolitenida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha rejadagi profilaktik ishlar bajariladi. Bu haqda Metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 26 mart kuni soat 23:00 dan 00:00 ga qadar “Chilonzor” yo`nalishining “Olmazor"–"Yangihayot” (4-bekat) bekatlari oralig`ida poezdlar harakati bir tomonlama (chelnok), oraliq vaqt intervallari saqlangan holda tashkil etiladi.

Shuningdek, “Yangihayot” (4-bekat) va “Chinor” (5-bekat) bekatlari oralig`ida bu vaqt davomida bepul avtobus harakati yo`lga qo`yiladi.

    Boshqa yangiliklar