AsosiyJamiyat

Boshqa viloyatdan kelib o`qiydigan talabalarni inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalari tashkil etiladi

'Boshqa viloyatdan kelib o`qiydigan talabalarni inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalari tashkil etiladi'ning rasmi

Viloyatda 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida etakchi bo`lgan Namangan universitetida o`zgarish qilish vaqti kelgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Universitetdagi 71 ta ta`lim yo`nalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan to`liq ta`minlanadi. Ta`lim sifatini oshirish uchun o`quv dasturlari yangilanadi.

Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o`qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

Yig`ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglandi.

    Boshqa yangiliklar