1

Toshkent hayvonot bog`ida tomoshabin tashlagan ozuqani emoqchi bo`lgan qushning boshi uzilib ketishiga sal qoldi (video)

Jamiyat 26.03.2024, 17:58
Toshkent hayvonot bog`ida tomoshabin tashlagan ozuqani emoqchi bo`lgan qushning boshi uzilib ketishiga sal qoldi (video)

Toshkent hayvonot bog`ida tomoshabin tashlagan ozuqani emoqchi bo`lgan qushning boshi uzilib ketishiga sal qoldi. Bog` ma`muriyati tomonidan e`lon qilingan videoda ushbu holat aks etgan. 

Videoda emu katagiga otilgan egulikning bir qismi tashqariga tushib qolgani, uni emoqchi bo`lib bo`y cho`zgan qushning boshi setkaga tiqilib qolganini ko`rish mumkin. U boshini chiqarib olaman deb o`z bo`ynini o`zi uzib yuborishiga sal qolgan.

Bog` ma`muriyatining qayd etishicha, voqeadan so`ng veterinar shifokorlar uni operasiya qilishgan. Hozirda qushning ahvoli og`ir ekanligi aytilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1