AsosiyJamiyat

Namangan aeroportning yo`lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga etkaziladi

'Namangan aeroportning yo`lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga etkaziladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Namangan xalqaro aeroportini modernizasiya qilish loyihasi bilan tanishdi.

Farg`ona vodiysidan mamlakatimiz vohalariga dovon orqali o`tiladi. Poezd qatnovlari hamma yo`nalishlarda ham emas. Shu bois mazkur aeroport infratuzilmasini yangilashni hayotning o`zi taqozo qilmoqda. Bu tadbirkorlik, transport xizmatlari va turizm rivojiga katta turtki beradi.

Loyiha doirasida yuk terminali, keytering, yonilg`i quyish majmuasi va boshqa xo`jalik binolari qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, aeroportning yo`lovchi terminali quvvati soatiga 1 ming nafarga etkaziladi. Yuk terminali tadbirkorlik, eksport va tranzit salohiyatini oshiradi. 

Shu bilan birga, maxsus servis texnikalari parki yangilanadi. Bu istalgan turdagi samolyotlarni qabul qilish va ularga xizmat ko`rsatish imkonini yaratadi.

Davlatimiz rahbari aeroportning samaradorligini oshirish bo`yicha ko`rsatmalar berdi. Mahalliy va xalqaro reyslarni ko`paytirish, logistika imkoniyatlaridan to`la foydalanish zarurligini ta`kidladi. Chiptalar narxini aholiga qulay qilish asosiy vazifa etib qo`yildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoev Namanganga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

    Boshqa yangiliklar