26 mart kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Hindistonning favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxatni qabul qildi.
Uchrashuvda elchining O`zbekiston va Hindiston o`rtasidagi strategik sheriklikni boyitish yo`lidagi faoliyati yuqori baholandi.
Eslatib o`tamiz, Manish Prabxat Hindiston diplomatik missiyasini 2020 yil oktyabr oyidan beri boshqarib kelmoqda.






