AsosiyJamiyat

Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirilmoqda

'Rossiyada ishlayotgan o`zbekistonliklar ogohlantirilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi migrasiya agentligi Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan teraktdan keyin butun Rossiya bo`ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilgani munosabati bilan qirg`izistonliklarga murojaat bilan chiqdi.

"Rossiya Federasiyasining Moskva viloyatida 22 mart kuni yuz bergan terakt sababli butun mamlakat bo`ylab xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Rossiyaga boryotgan, ushbu mamlakat hududida bo`lib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketyotgan yurtdoshlarimizdan ushbu xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishni so`raymiz.

Xususan, shaxsni taqdiqlovchi va mamlakatda bo`lish yoki ishlash huquqini buruvchi hujjatlarni o`zlari bilan birga olib yurish, jamoat joylarga sababsiz bormaslik, notanish yoki shubhali insonlar bilan muloqotga kirishmaslik, telefon va boshqa qurilmalarda taqiqlangan foto, audio va video materiallarni saqlamaslik, safar rejalashtirilgan bo`lsa, vokzal yoki aeroportga belgilangan vaqtdan oldinroq borish kabilar tavsiya qilinadi.

Yurtdoshlarimiz biror muammoga duch kelganda yoki o`zlarini qiziqtirgan boshqa savollar bilan mamlakatimizning konsullik idoralari yoki Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakolatxonasiga murojaat qilishi mumkin", - deyiladi agentlik e`lonida.

 

    Boshqa yangiliklar