1

Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig`uv inshootlarini yo`q qildi

Dunyo 28.03.2024, 13:39
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig`uv inshootlarini yo`q qildi

Rossiyaqo`shinlari 27-martkunimaxsusharbiyoperasiyadoirasidaUkrainagaqarashlidronlaryig`uvvasaqlashinshootlariniyo`qqilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi bayonotiga asoslanib. “TASS” manbasi xabar berdi.

“Rossiya kuchlarining tezkor-taktik samolyotlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo`shinlari va artilleriyasi dushman harbiy dronlarini yig`ish va saqlash inshootlarini yo`q qildi hamda 136 ta hududda Ukrainaning ishchi kuchi va harbiy texnikasiga zarba berdi”, — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.

Manbada aytilishicha, Rossiya kuchlari o`tgan kun davomida Kupyansk hududida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita gaubitsa va havo radarini yo`q qilgan. 20 ga yaqin ukrainalik askar halok bo`lgan. Amerika radiolokasion stansiyasi vayron qilingan.

“Kupyansk yo`nalishida Ukraina armiyasining yo`qotishlari 20 nafar shaxsiy tarkib va uchta avtomashinani tashkil etdi. Bundan tashqari, Rossiya kuchlari AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 va M198 gaubitsasini, ikkita D-20 artilleriya qurolini, Giasint-S o`zyurar qurolini, AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 qarshi akkumulyatorli radar stansiyasi va ikkita Anklav-N elektron urush stansiyasini vayron qildi”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya harbiy idoralari bergan ma`lumotlarga ko`ra, so`nggi sutkada Donetsk hududida 220 nafar ukrain askari halok bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1