1

Sirdaryoda kuchli shamol ko`p qavatli uy tomini uchirib yubordi

Jamiyat 28.03.2024, 15:46
Sirdaryoda kuchli shamol ko`p qavatli uy tomini uchirib yubordi

Qayd etilishicha, kuzatilgan kuchli shamol ta`sirida Oqoltin tumani “Yangi davr” mahallasi Yoshlar ko`chasidagi 19-ko`p qavatli uyning profnastil bilan qoplangan 10 kvadrat metr tom qismiga zarar etgan. Bu haqda Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani hokimligi matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Ushbu holat bo`yicha voqea joyiga tuman hokimi, sektor rahbarlari va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga etib borgan. Sodir bo`lgan holat oqibatida insonlarning tan jarohati olishi yoki boshqa noxush holatlar kuzatilmagan.

“Ayni paytda talofat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1