1

O`zbekistonga Rossiyadan gaz importi 2024 yilda uch barobar ortishi kutilmoqda

Dunyo 28.03.2024, 16:52
O`zbekistonga Rossiyadan gaz importi 2024 yilda uch barobar ortishi kutilmoqda

O`zbekistonga 2024 yilda Qozog`iston orqali Rossiya gazini etkazib berish hajmi 2023yilga nisbatan qariyb uch barobar ortadi. Bu haqda Qozog`iston Energetika vazirligiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“Gazprom” va Qozog`iston hukumati o`rtasida imzolangan strategik hamkorlik to`g`risidagi bitim doirasida Rossiya gazining O`zbekistonga yillik tashish hajmini 2023-yildagi 1,28 milliard kub metrdan 2024-yilda 3,8 milliard kub metrga oshirish belgilandi, — deyiladi xabarda.

O`zbekistonga Rossiyadan gaz importi

2023 yil 7 oktyabrdan O`zbekiston Qozog`iston hududi orqali “Markaziy Osiyo — Markaz” gaz quvurida Rossiyadan gaz importini boshlagan edi. UzGasTrade va “Gazprom eksport” MChJ o`rtasidagi ikki yillik shartnomaga ko`ra, kuniga 9 million kub metr yoki yiliga qariyb 2,8 milliard kub metr gaz etkazib berish ko`zda tutilgan.

O`zbekiston hukumatining “2024 yil I choragiga mo`ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga ko`ra, 2024-2030 yillarda magistral gaz quvurlarini modernizasiya qilish dasturi birinchi bosqichida 500 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Shu orqali tabiiy gaz qabul qilishni kuniga 32 million kub metrgacha oshirish ko`zda tutilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1