1

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi

Jamiyat 29.03.2024, 08:10
Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi

29 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berdi.

G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-9, kunduzi 10-12 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba`zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 8-13 daraja  iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba`zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi, ba`zi tumanlarda kuchli bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba`zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim tumanlarda kuchli bo`ladi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba`zi tumanlarda sekundiga 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.  

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba`zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1