Prezident boshchiligidagi videoselektor yig`ilishida bahor mavsumida mahallalarda va ko`p qavatli uylar atrofida, yo`llar va kanallar bo`yidagi erlarga daraxt ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Poytaxtda amal qilayotgan yirik qurilish loyihalarida maydonning kamida 30 foiziga daraxt ekish majburiyati barcha viloyatlarda joriy qilinishi belgilandi.
Ekologiya vazirligiga “Mening bog`im” loyihasini ishga tushirish topshirildi. Bunga byudjetda nazarda tutilgan 50 milliard so`m ajratiladi. Joylarda 444 ta yashil bog` va 160 ta jamoat parklarini tashkil qilishga ko`rsatma berildi.
Yirik sanoat korxonalarida, barcha sanoat zonalari atrofida yashil hududlar tashkil qilish zarurligi ko`rsatib o`tildi.
Chiqindi poligonlari atrofida terak, tut, gujum, zarang ekib, yashil belbog` barpo qilish, barcha issiqlik elektr stansiyalari, gidroinshootlar, suv omborlari atrofida ham ko`chat ekish chora-tadbirlari belgilab olindi.
Ijtimoiy ob`ektlarga ko`chatlarni bepul etkazib berish bo`yicha o`tgan yili boshlangan amaliyot bu yil ham davom ettiriladi. Ularga 4 milliondan ziyod ko`chat bepul tarqatilishi belgilandi.
29.03.2024 11:21
Ekologiya vazirligiga “Mening bog`im” loyihasini ishga tushirish topshirildi






