1

O`zbekistonda havo sovishi aytildi

Jamiyat 29.03.2024, 13:08
O`zbekistonda havo sovishi aytildi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun, 29 mart kuni respublikaning ko`pchilik viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, ayrim joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Qoraqalpog`iston va Navoiy viloyatida kunning birinchi yarmida, Farg`ona vodiysi viloyatlarida esa kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Xorazm, Buxoro viloyatlarida bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi.

Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Bugun kunduzi havo harorati +8...+13 daraja atrofida bo`ladi. Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko`tariladi va yakshanba kuni havo +14...+17 darajagacha isiydi.

Kechalari harorat pasayadi va yakshanba kuniga o`tar kechasi havo 0...+5 darajagacha bo`ladi. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib sharq tomondan esadi, bugun ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, dam olish kunlari shamol tezligi birozdan o`rtachagacha bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda 29-31 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), 29 martda ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Qor ko`chishi xavfi saqlanib turadi. Poytaxtda 29 martda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, 30-31 martda yog`ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat +10...+12 darada, shanba kuni +12...+14 daraja, yakshanba kuni +14...+16 daraja bo`ladi. Kechalari harorat +3...+5 darajagacha asta-sekin pasayadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1