1

Andijonda ETK muhandisi pora bilan qo`lga tushdi

Jamiyat 29.03.2024, 19:52
Andijonda ETK muhandisi pora bilan qo`lga tushdi

Ishlab chiqarish sexini elektr tarmog`iga ulab berishni va`da qilgan ETK muhandislari ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi. 

DXXning Andijon viloyati boshqarmasi hamkorligida tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya. fuqaro F.T.ning yangi tashkil etgan yog`och mahsulotlariga qayta ishlov berish sexini 105 mln so`m evaziga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida elektr tarmog`iga ulab berishini va`da qilib, ushbu pullar hisobidan 85 mln so`mni olgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, uning ko`rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Andijon viloyati ETK muhandisi J.Yu. Asaka tumani ETK muhandisi F.Ya.dan 85 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1