AsosiyJamiyat

Prezident huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan yig`ilish o`tkazdi

'Prezident huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari bilan yig`ilish o`tkazdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 29 mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar va kuch tuzilmalari rahbarlari ishtirokida jamoat xavfsizligini ta`minlash masalalari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyatining savdo va xizmat ko`rsatish sohasi yirik ob`ektlarida, shu jumladan savdo-ko`ngilochar majmualar, bog`lar, bozorlar va boshqa fuqarolar gavjum bo`ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash ishlarining tashkil etilishi to`g`risidagi hisobotlari tinglandi.

Jamoat xavfsizligiga yangi tahdid va xatarlar tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta`minlashda huquqni muhofaza qilish idoralari va tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta`kidlandi. Shu bilan birga, jamoat xavfsizligini ta`minlash bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik sub`ektlari va fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini so`zsiz ta`minlash muhimligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari va tadbirkorlik sub`ektlarining bu borada to`laqonli hamkorlik qilishlarini ta`minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishga topshiriq berdi.

Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya rahbariyati oldiga jamoat tartibini saqlash bo`yicha olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, aholi gavjum bo`ladigan joylarda sodir etilishi mumkin bo`lgan terrorchilik harakatlari va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan ta`sirchan choralarni ko`rish vazifasi qo`yildi

 

    Boshqa yangiliklar