Energetika vazirining birinchi o`rinbosari Azim Axmedxadjaev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqida vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Baxtiyor Mamatkarimov esa vazirning birinchi o`rinbosari bo`ldi. Azizxo`ja Qobilov ham Energetika vazirligi rahbari o`rinbosari etib tayinlandi.

Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov energetika vazirining birinchi o`rinbosari etib tayinlandi. U bungacha Andijon tumani hokimi, "O`ztransgaz" boshqaruvi raisining moliya va marketing bo`yicha o`rinbosari, shuningdek, "O`zlitineftgaz" rahbarining iqtisodiyot va moliya bo`yicha o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Azizxo`ja Ochilovich Qobilov energetika vaziri o`rinbosari etib tayinlandi. Bungacha u tog`-kon sanoati va geologiya vaziriga maslahatchi va o`rinbosar bo`lib ishlagan, undan avval Prezident administrasiyasi xodimi bo`lgan.






