AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi axborot markazi tashkil etiladi

'O`zbekistonda yangi axborot markazi tashkil etiladi'ning rasmi

“O`zbekiston Respublikasining ‘Texnik jihatdan tartibga solish to`g`risida’gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan:

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyasi to`g`risidagi nizom;

Savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha axborot markazi to`g`risidagi nizom tasdiqlanmoqda.

Ekspert komissiyasi ishlab chiqilgan texnik reglamentlarni, ularga o`zgartirish va qo`shimchalar loyihalarini ekspertizadan o`tkazish, shuningdek, amaldagi texnik reglamentlarni bekor qilish bo`yicha takliflar hamda ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va (yoki) tegishli sohada davlat siyosatini yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari huzurida tuziladi.

Texnik reglament loyihasini ishlab chiquvchi organ uni komissiyaga yuboradi, komissiya a`zolari tomonidan 15 kalendar kun ichida takliflar taqdim etiladi. Taqdim etilgan loyiha bo`yicha komissiya yig`ilishida qaror qabul qilingandan so`ng qaror bir hafta ichida manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
O`zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining Standartlar instituti tuzilmasida Savdodagi texnik to`siqlar bo`yicha axborot markazi tashkil etilmoqda. Uning vazifalari:

JSTga a`zo davlatlarni respublikada xalqaro standartlarga asoslanmagan yoki ulardan sezilarli darajada farq qiladigan yangi texnik reglamentlar ishlab chiqilayotgani to`g`risida o`z vaqtida (ishlab chiqish bosqichida) xabardor qilish;
JSTga a`zo davlatlar axborot markazlari so`rovlariga javoblar taqdim etish;

JSTga a`zo davlatlarining yangi texnik reglamentlarni ishlab chiqish bo`yicha xabarnomalari bo`yicha fikr bildirish;

JSTga a`zo davlatlarning savdodagi texnik to`siqlar sohasida rejalashtirilgan yoki qabul qilingan choralari to`g`risidagi xabarnomalarni respublikaning tegishli ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalari va boshqa manfaatdor tomonlarga ularning so`roviga ko`ra taqdim etish.

Hujjat Qonunchilik ma`lumotlari milliy bazasida e`lon qilingan va 2024 yil 26 martdan kuchga kirdi.

    Boshqa yangiliklar