Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy ta`limning magistratura bosqichiga o`qishga kirishi uchun “TOEFL” sertifikatini olib berishni va`da qilib, evaziga 1 100 AQSh dollari va 1,2 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
30.03.2024 14:26
Termizda “TOEFL” sertifikatini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi






