Teleshou orqali tanilgan egizaklar Ebbi va Brittani Xensel Amerika armiyasining sobiq harbiysi Josh Bouling bilan oila qurdi. Nikoh marosimi 2021 yili o`tkazilgan, biroq bu haqda oradan 3 yil o`tib, ommaga endi ma`lum qilinmoqda.
Egizaklar o`zlarining Instagram sahifasiga to`y kechasida olingan surat va videolarni joylagach, marosim haqida butun dunyo xabar topdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, nikoh kuyov va egizaklardan biri o`rtasida tuzilgan. Chunki bir vaqtda ikki kishi bilan oila qurishga rasman ruxsat etilmagan. Shunga qaramay, Josh Bouling bungacha oila qurib, bir nafar farzand ko`rishga ham ulgurgan. Egizaklar bilan tuzilgan nikoh uning ikkinchi oilasi hisoblanadi.
Er-xotin hozirda Minnesota shtatida istiqomat qiladi. Egizaklar maktabda boshlang`ich sinf o`quvchilariga dars beradi, kuyov esa shifokor bo`lib ishlaydi. Yangi oila endi farzand kutmoqda.