AsosiyJamiyat

Bekobodda ayol o`zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi

'Bekobodda ayol o`zini 5-qavatdan tashlab vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 27 mart kuni Toshkent viloyati Bekobod tumanida 28 yoshli ayol o`zini ko`p qavatli binoning 5-qavatidan tashlab vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.

Bildirilishicha, 27 mart kuni soat 21:30larda Bekobod tumani, “Dalvarzin” MFY, Beruniy ko`chasida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan X.N. yashash xonadonining 5-qavatidan o`zini tashlab, joniga qasd qilgan. Shifoxonaga olib borilgan ayol ko`rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan.

Voqea joyiga Bekobod tumani prokurori, tuman prokuraturasi tergovchisi, tuman IIB boshlig`i va boshqa tergov-tezkor guruhi a`zolari chiqqan. O`rganishlar davomida N.X.ning yashash xonadoninidan uning bir dona “Redmi 6A” rusumli telefon apparati olingan. N.X.ning vafoti yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Ayol oilali bo`lib, 2 nafar farzand (6 va 2 yoshli qizlar)ning onasi bo`lgan va muqaddam sudlanmagan.

Ayrim manbalarga ko`ra, marhumaga uch marta, so`nggi bor 2024 yilning 6 mart kuni himoya orderi berilgan. Unda keltirilishicha, tazyiq o`tkazilgan yoki zo`ravonlik sodir etilgan taqdirda er va ayolning bir xonadonda bo`lishi taqiqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Bekobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, natijasi yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi", deydi Bosh prokuratura matbuot kotibi.

    Boshqa yangiliklar