1

Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishi qo`lga olindi

Dunyo 31.03.2024, 14:45
Turkiyada IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 50 dan ortiq kishi qo`lga olindi

Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida IShID terrorchilik guruhiga a`zolikda gumon qilingan 51 kishi qo`lga olindi. Bu haqda Rio Novosti xabar berdi.

“21 viloyatda IShIDga qarshi o`tkazilgan to`rt kunlik operasiya natijasida 51 kishi qo`lga olindi”, — dedi vazir.

Operasiyalar Istanbul va Antaliyada amalga oshirildi. Tintuvlar chog`ida terrorchilik guruhlariga tegishli ko`plab hujjatlar olib qo`yildi

Vazir avvalroq 2023 yil 1iyundan 25 martgacha IShID bilan hamkorlikda gumon qilingan 2,9 mingdan ortiq kishi ushlangani, ulardan deyarli 700 nafari hibsga olingani haqida xabar bergan edi.

Shunga o`xshash operasiyalar Turkiyada muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Avvalroq "Hurriet"  gazetasi o`z manbalariga tayanib, Anqara Moskva yaqinidagi "Crocus City Hall" binosiga hujum qilganlar haqidagi ma`lumotlarni sinchkovlik bilan o`rganib chiqqani, Turkiya orqali Moskvaga kelgani aniqlangan terrorchilar bilan bog`liq barcha ma`lumotlar haqida Moskvani xabardor qilayotgani va axborot almashinuvini kengaytirishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1