AsosiyJamiyat

Ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin

'Ayrim hududlarda yomg`ir yog`ishi mumkin'ning rasmi

O`zgidromet 2 aprel kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9°, kunduzi 17-19° bo`ladi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYaTI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 15-20° bo`ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 16-21° bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan  5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar