Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanida yashovchi Nafisa Yunusova va Abdukamol Ahmadjonov biryo`la to`rt egizakning ota-onasiga aylandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, tug`uruq jarayoni Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filialida mahoratli shifokorlar nazorati ostida jarrohlik amaliyoti orqali, asoratsiz bajarildi.
Egizaklarning 2 nafari o`g`il va 2 nafari qiz bo`lib, ayni paytda ularning umumiy ahvoli qoniqarli. Ona va chaqaloqlar malakali mutaxassislar nazorati ostida. Oilaga bir olam quvonch olib kelgan go`daklar belgilangan standartlar asosida parvarishlanmoqda.
Otaning aytishicha, ularning avlodida qo`sh farzandlar tug`ilishi ko`p kuzatilgan, ammo 4 egizakning dunyoga kelishi birinchi marta uchramoqda.






