AsosiyDunyo

G`azodagi hujumda World Central Kitchen tashkilotining xodimlari halok bo`lgan

'G`azodagi hujumda World Central Kitchen tashkilotining xodimlari halok bo`lgan'ning rasmi

Dushanba kuni kechqurun Isroil harbiylari G`azodagi World Central Kitchen (WCK) xayriya tashkiloti insonparvarlik karvonini o`qqa tutdi. Bu haqda tashkilot ma`lumotlariga tayanib, The Times of Israel xabar berdi.

G`azodagi havo hujumida World Central Kitchen oziq-ovqat tashkilotining etti xodimi halok bo`ldi. Tashkilot bunda Isroilni aybladi, ammo Isroil armiyasi zarba uchun javobgarlikni o`z zimmasiga olmadi. WCK sektordagi ishini to`xtatmoqda. G`azoning 300 mingga yaqin aholisi yaqin orada ochlikdan o`lim topishi mumkin.

Ta`kidlanishicha, hodisa oqibatida etti kishi halok bo`ldi, ular orasida Avstraliya, Buyuk Britaniya va Polsha fuqarolari ham bor. World Central Kitchen hujumni «kechirib bo`lmas» deb atadi va karvon tashkilot logotiplari bilan tamg`alanganini va harakat Isroil harbiylari bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilganini bildirdi.

Isroil mudofaa kuchlari ma`lumotiga ko`ra, «fojiali voqea» tergov qilinmoqda: harbiylar «ushbu fojiali hodisani tushunishga harakat qilyapti», Isroil armiyasi esa zarba uchun javobgarlikni to`g`ridan-to`g`ri o`z zimmasiga olmagan.

World Central Kitchen G`azodagi faoliyatini noma`lum muddatga to`xtatadi, deya ma`lum qildi tashkilot.

Xalqaro tashkilotlar ma`lumotlariga ko`ra, G`azo sektorining 300 mingga yaqin aholisi yaqin kelajakda ochlikdan o`lim topish xavfi ostida.

    Boshqa yangiliklar