Joriy yilda O`zbekistonda xalqaro TALIS 2024 (The Teaching and Learning International Survey) tadqiqoti o`tkaziladi.
Tadqiqotda ishtirok etish uchun mamlakatimizdagi umumta`lim maktablari orasidan tasodifiy reprezentativlik tamoyili asosida 210 ta maktab tanlab olingan. Joriy yilning 4-18-aprel kunlari o`tkazilayotgan tadqiqot jarayonlarida mazkur maktablar direktorlari va ularda faoliyat yuritayotgan 4507 nafar o`qituvchi ishtirok etadi.
️TALIS - O`qitish va ta`lim olish muhitini o`rganish xalqaro tadqiqoti bo`lib, unda maktab direktorlari va o`qituvchilar so`rovnoma to`ldirish orqali ishtirok etadi.
️Tadqiqotda dunyo bo`ylab 52 ta (shundan tayanch o`rta ta`lim (ISCED level 2) moduli ishtirokchilari 33 ta) mamlakat qatnashmoqda. O`zbekiston, Albaniya, Ozarbayjon, Bahrayn, Kosta Rika, Germaniya, Montonegro, Marokash, Shimoliy Makedoniya, Serbiya davlatlari qatorida yangi ishtirokchi sifatida qatnashmoqda.
Ma`lumot uchun: Ertaga “Dolzarb mavzu” loyihasi orqali vazirlik mutaxassislari bilan shu mavzu doirasida muloqot tashkil etiladi. Unda TALIS 2024 tadqiqotining asosiy maqsadi, o`tkazilish tartibi, so`rovnoma orqali qanday ma`lumotlar to`planishi xususida batafsil ma`lumot beriladi.