AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zgidromet xabariga ko`ra, bugun kunduzi yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlari ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-20° bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarida ba`zi joylarda yogingarchilik (yomgir, qor) bo`lishi mumkin. Qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq bo`ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar