AsosiyJamiyat

Pul evaziga jamoat joylarini minalashtirish takliflari ko`payib bormoqda

'Pul evaziga jamoat joylarini minalashtirish takliflari ko`payib bormoqda'ning rasmi

IIV ma`lum qilishicha, oxirgi vaqtlarda dunyoning turli mamlakatlarida sodir etilgan terrorchilik harakatlaridan so`ng, respublikamiz hamda qo`shni davlatlar fuqarolariga internet ijtimoiy tarmoqlari orqali pul mukofoti evaziga savdo va ko`ngilochar markazlar, maktablar va boshqa jamoat joylarini minalashtirish taklif qilingan xabarlar kelib tushmoqda.

Ta`kidlanishicha, bu kabi provokasion xabarlar asosan "Telegram" messenjeri orqali yuborilib, unda noma`lum shaxslar turli miqdorda pul to`lash, qurol-yarog` bilan ta`minlash va harakatlar rejasini yuborishga va`da berib, ushbu harakatlarga rad javobini e`tiborga olmaydilar.

"Eng xavfli jihati shuki, yovuz niyatli shaxslarning xabarlari ko`p hollarda bolalarga yuborilmoqda. Shuningdek bolalarning shaxsiy ma`lumotlari orqali ularni qo`rqitish holatlari kuzatilmoqda. Provokatorlar o`zlarining fotosuratlari va raqamlarini yashirgan holda faoliyat yuritadilar.

Hurmatli fuqarolar! Agarda Sizga bu kabi xabarlar kelib tushsa vahimaga tushmang va ularni ochiq chatlar, tanishlaringiz va do`stlaringizga yubormay, darhol "102" raqamiga qo`ng`iroq qilib, ichki ishlar organlariga xabar bering. Xabar yuboruvchilarni bloklang va ular bilan yozishma va suhbatga kirishmang.

Yodingizda tuting, firibgarlar jamoatchilik orasida vahima uyg`otish uchun bu kabi xatti-harakatlarni amalga oshirmoqda! Respublika huquq-tartibot organlari esa xavfsizlikka bo`lgan har qanday tahdidlarni bartaraf qilish borasida o`z vakolatlari doirasida barcha choralarni ko`rmoqda", - deyiladi IIV xabarida.

    Boshqa yangiliklar