Qozog`istonning Aktube viloyatida yo`l-transport hodisasi oqibatida 8 kishi halok bo`ldi, deb xabar beradi 24kz.
Samara-Chimkent yo`lining Marjonbuloq qishlog`i yaqinida yuk mashinasi va mikroavtobus ishtirokida YTH sodir bo`lgan.
Natijada mikroavtobus haydovchisi va uning 7 nafar yo`lovchisi halok bo`lgan. Ularning barchasi O`zbekiston fuqarolari.
Viloyat IIB boshlig`i bergan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, harakatlanayotganda yuk mashinasi shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo`qotib, qarama-qarshi yo`lga chiqib ketgan va to`qnashuv sodir bo`lgan. YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.