AsosiyDunyo

Qozog`istondagi suv ombori o`pirilishi mumkin

'Qozog`istondagi suv ombori o`pirilishi mumkin'ning rasmi

G`arbiy Qozog`iston viloyati Terektinskiy tumani Podstepnoe qishlog`i va Uralskda 750 kishi evakuasiya qilindi. Bu haqida zamon.uz xabar berdi.

– Dalalardan katta hajmdagi erigan suvning O`zinko`l suv omboriga oqib tushishi tufayli uning toshib ketishi va G`arbiy Qozog`iston viloyati Terektin tumanidagi O`zinko`l qishlog`ini suv bosishi xavfi mavjud. Shu munosabat bilan Terektin tumanidagi Podstepnoe qishlog`i va Uralsk shahrida aholini erta evakuasiya qilish ishlari olib borildi. Hammasi bo`lib 750 kishi evakuasiya qilindi, shu jumladan. 230 nafar bola, - deya xabar berdi Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Suv toshqini oldini olish va evakuasiya qilish uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlari, ichki ishlar bo`limining 112 kishi va 39 birlik turli texnikasi jalb etilgan. Suv ombori to`g`onining korpusini mustahkamlash choralari ko`rilmoqda, ishlar davom etmoqda.

O`zinko`l suv omborida o`pirilish sodir bo`lgan taqdirda O`zinko`l, Yubileynoe, Kemer, Jana Omir va Barbastau qishloqlarini suv bosishi xavfi mavjud, deya ta`kidladi Qozog`iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

2 aprel kuni G`arbiy Qozog`iston viloyatida favqulodda holat e`lon qilindi. Viloyat hokimining o`rinbosari Qaliyar Aytmuhambetov mas`ul etib tayinlandi. Unga tabiiy favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish yuklangan.

Qozog`iston gidrometi hafta oxirigacha mintaqada suv sathi oshishi haqida ogohlantirildi.

    Boshqa yangiliklar