AsosiyJamiyat

Xalq banki pensiya oluvchilarning 3%da kuzatilgan texnik holat bo`yicha tushuntirish berdi

'Xalq banki pensiya oluvchilarning 3%da kuzatilgan texnik holat bo`yicha tushuntirish berdi'ning rasmi

Xalq banki tizimida pensiya mablag`larining yuklanishi jarayonida texnik nosozlik yuzaga kelganligi sababli ba`zi mijozlarning bank kartalariga kirim qilingan mablag`lar "bekor qilingan" holati yuzaga kelgan. Bu haqda bank axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur holat jami pensiya oluvchilarning 3%da kuzatilgan. Hozirda ushbu xatoliklar bartaraf etilib, "bekor qilingan" pul mablag`lari bank kartalarga qaytarilmoqda.

Barcha pensiya oluvchilarga, shu jumladan, yuqoridagi muammoga duch kelgan mijozlarga ham pensiya mablag`lari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.05.2021 yildagi PQ-5102-sonli qaroriga asosan, o`zgarishsiz oyning 5-sanasigacha tushirib beriladi.

 

    Boshqa yangiliklar