AsosiyDunyo

Tayvandagi zilzila qurbonlari 10ga yaqinlashdi, jarohatlanganlar 1000dan oshdi

'Tayvandagi zilzila qurbonlari 10ga yaqinlashdi, jarohatlanganlar 1000dan oshdi'ning rasmi

Tayvandagi zilzila oqibatida 1038 kishi jabrlandi, deb xabar berdi Xitoyning CGTN xalqaro telekanali favqulodda vaziyatlar rasmiylariga tayanib.

3 aprel kuni ertalab sodir bo`lgan ko`plab zilzilalardan so`ng 52 kishi bedarak yo`qolgan, yana 93 kishi xarobalar ostida qolmoqda. To`qqiz kishi halok bo`ldi.

Zilzilalar temir yo`lda, tezyurar temir yo`lda va metroda uchta avariyaga sabab bo`ldi. 125 ta bino shikastlangan, 91 mingdan ortiq xonadon elektr ta`minotisiz qolgan. 7,2 magnitudali zilzila kamida oxirgi 25 yildagi eng kuchli zilzila bo`ldi. Zilzila episentri Xualyan okrugidan 25 km janubi-sharqda joylashgan. 60 dan ortiq zilzila sodir bo`ldi.

.

    Boshqa yangiliklar