AsosiyDunyo

Eron 48 soat ichida Isroilga javob qaytaradi — Amerika razvedkasi

'Eron 48 soat ichida Isroilga javob qaytaradi — Amerika razvedkasi'ning rasmi

AQSh razvedkasi Eron Livanga raketa hujumi va Suriyadagi Eron konsulligi vayron qilinganiga javoban Isroilga 48 soat ichida hujum qiladi, deb da`vo qilmoqda. Bu haqda Voxnews portaliga tayanib xabar berilmoqda.

Amerika razvedkasi mojaro 5 apreldan kechiktirmay boshlanishiga ishonmoqda. Eron Isroilga birinchi zarba berish uchun yuzlab dron va raketalardan foydalanadi. Voxnews xabariga ko`ra, Eron armiyasi hozir jangovar harakatlar boshlashga hozirlik ko`rmoqda.

Eron, mahalliy jurnalistning so`zlariga ko`ra, Islom inqilobi qo`riqchilari korpusidan raketalarni jangovar pozisiyalarga o`tkazmoqda.

Boshqa ma`lumotlarga ko`ra, Isroil havo kuchlari shay holatga keltirilgan, “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimi esa maksimal darajada shay holatda. Mintaqada GPS bilan bog`liq muammolar mavjud.

Eron manbalariga tayanib xabar berilishicha, Damashqdagi konsullikka Isroil havo hujumiga Tehronning ehtimoliy javobi fonida Isroil o`zining Boku va Abu-Dabidagi elchixonalari xodimlarini evakuasiya qilishga qaror qilgan.

 

    Boshqa yangiliklar