1

Kuala-Lumpur shahrida O`zbekiston va Osiyo futbol konfederasiyasi o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi

Sport 06.04.2024, 15:00
Kuala-Lumpur shahrida O`zbekiston va Osiyo futbol konfederasiyasi o`rtasidagi uchrashuv bo`lib o`tdi

O`zbekiston elchisi Karomiddin Gadoev Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) bosh kotibi Vindsor Jon bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar qildi. 

Ushrashuv davomida O`zbekiston va OFK o`rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 Xususan, konfederasiya tomonidan tashkil etiladigan turli tadbirlarga O`zbekiston vakillarini taklif etish, futbol akademiyalari o`rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, yosh futbolchilar ishtirokida o`rtoqlik o`yinlarini o`tkazish, O`zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish uchun murabbiy va mutaxassislarni tajriba almashish uchun mamlakatimizga jalb qilish masalalari xususida fikr almashildi.

Xorij tomoniga so`nggi yillarda mamlakatimizda futbol sohasida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar, jumladan O`zbekistonda havaskor va professional futbolni har tomonlama rivojlantirish, zamonaviy infratuzilma ob`ektlarini barpo etish, o`qitish bazasini takomillashtirish va soha mutaxassislarining malakasini oshirish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma`lumot berildi.

Vindsor Jon o`z navbatida, O`zbekiston va konfederasiya o`rtasida sermahsul hamkorlik olib borilayotganini va mamlakatimizda futbol jadal sur`atlarda rivojlanayotganini mamnuniyat bilan ta`kidladi. OFK bosh kotibi ushbu muvaffaqiyatlar zamirida O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan futbolga qaratilayotgan yuksak e`tibor turganini alohida qayd etdi.

Tadbir yakunida OFK bosh kotibi bilan muhokama etilgan masalalar bo`yicha kelgusidagi rejalar kelishib olindi.

Osiyo futbol konfederasiyasi bosh qarorgohi Kuala-Lumpur shahrida joylashgan. Unga qit`adagi 47 ta milliy futbol assosiasiyalari, shu jumladan O`zbekiston futbol assosiasiyasi a`zo hisoblanadi.

#sport    #futbol    #uchrashuv

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1