1

Armanistonda sambo bo`yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi

Sport 06.04.2024, 20:37
Armanistonda sambo bo`yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi

Armaniston poytaxti Erevan shahrida sambo bo`yicha jahon kubogi bahslari yakunlandi. Bugun musobaqaning ikkinchi kun bellashuvlari bo`lib o`tdi

Musobaqada ishtirok etgan o`zbekistonlik sambochilar 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo`lga kiritishdi. 

Sovrindorlarimiz: 

Oltin: 

-98 kg: Ozodbek Murotov 

Kumush: 

-79 kg: Musoxon Ziyadinov 

-88 kg: Sohibjon Hasanboev

Bronza: 

-64 kg: Islomjon Olimjonov 

Eslatib o`tamiz, kecha o`tkazilgan bahslarda vakillarimiz 3 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qo`lga kiritishgandi. 

Shu tariqa, O`zbekiston terma jamoasi Erevandagi jahon kubogini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan yakunladi.

#sport   #sambo   #johon kubogi    #medal

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1