AsosiyJamiyat

Toshkentda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda

'Toshkentda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tezkor tadbirlar o`tkazilmoqda'ning rasmi

Toshkent shahrida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog`liq holatlarni oldini olish maqsadida qator tezkor tadbirlar olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Kuni kecha Toshkent shahrida ekstremistik radikal guruhlarga qo`shilgan fuqarolarning xonadonlarida 45 ta tintuv tergov harakatlari o`tkazilgan. Gumondor shaxslar qo`lga olinmoqda.

Joriy yilning 3 oyi davomida diniy ekstremizm va terrorizm bilan bog`liq holatlar yuzasidan 50 ta jinoyat ishi qo`zg`atilgan, 188 ta huquqbuzarlik yuzasidan ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 264 nafar shaxslarga nisbatan nisbatan qonuniy choralar ko`rilgan.

#Toshkent   #diniy ekstremizm    #terrorizm    #qonuniy chora

    Boshqa yangiliklar