1

"Parizod", "Telba", "Kechikkan hayot" filmlari rejissyori yangi film ustida ish boshladi

Jamiyat 13.04.2024, 15:25
"Parizod", "Telba", "Kechikkan hayot" filmlari rejissyori yangi film ustida ish boshladi

"Parizod", "Telba", "Kechikkan hayot" filmlari rejissyori Ayub Shahobiddinov yangi film ustida ish boshladi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Rejissyorning navbatdagi filmi psixologik drama janrida bo`lib, "Bahorni quvib" deb nomlanadi. Film Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan "O`zbekfilm" kinokonserni tomonidan suratga olinadi. Ayub Shahobiddinovning ma`lum qilishicha, tasvirga olish ishlari Surxondaryoning Boysun tumanida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Rejissyor viloyatda bo`lib filmning tasvirga olish joylari bilan tanishdi.

Senariy muallifi Erkin A`zam, operator Diyor Ismatov, liboslar bo`yicha rassom Zuhra G`anieva, bastakor Abulqosim Muinzoda.

Film bosh qahramoni ko`plab qiyinchiliklarni boshdan kechiradi. Hayotda o`z o`rnini topgach,  oradan o`ttiz yil o`tib, ma`lum sabablarga ko`ra badarg`a etilgan qishlog`iga qaytadi. Asosiy voqeliklar shundan keyin boshlanadi. Ushbu filmda taqdir sinovlarini mehr va shafqat bilan qarshi olish haqida so`z boradi.

Kinoloyiha bo`yicha jarayon davom etmoqda.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1