AsosiyJamiyat

Maktablardagi o`qituvchilar soni so`nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgan

'Maktablardagi o`qituvchilar soni so`nggi 5 yilda 61,1 ming nafarga oshgan'ning rasmi

2023-2024 o`quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy o`rta ta`lim tashkilotlarida ta`lim berayotgan o`qituvchilar (o`rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma`lum qildi. 

Bu ko`rsatkich 2019-2020 o`quv yili boshiga nisbatan solishtirilganda 61,1 ming nafarga oshgan.

Yillar kesimida umumiy o`rta ta`lim tashkilotlarida ta`lim berayotgan o`qituvchilar (o`rindoshlarsiz) soni:

2019-2020 o`quv yili boshiga 486,6 ming nafar;

2020-2021 o`quv yili boshiga 508,2 ming nafar;

2021-2022 o`quv yili boshiga 510,0 ming nafar;

2022-2023 o`quv yili boshiga 521,6 ming nafar;

2023-2024 o`quv yili boshiga 547,7 ming nafar.

2023-2024 o`quv yili boshiga faoliyat yuritayotgan umumta`lim muassasalari soni 10 750 tani tashkil etgan.

    Boshqa yangiliklar