1

Kunduzi chiroq yoqqanlar jarimaga tortilmoqda

Jamiyat 15.04.2024, 08:43
Kunduzi chiroq yoqqanlar jarimaga tortilmoqda

Yil boshidan beri "O`zenergoinspeksiya" tomonidan elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash bilan bog`liq 247 ta ma`muriy ish rasmiylashtirilgan.

Ma`lumot o`rnida, elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash (kunning yorug` vaqtida chiroqlarni yoqib qo`yish) holatlari uchun javobgarlik mavjud.

Buning uchun mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan (1 mln. 700 ming so`m) 15 baravarigacha (5 mln. 700 ming so`m) miqdorda jarima, agar bu 1 yil davomida takror sodir etilgan bo`lsa, BHM 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 mln. 200 ming so`m) miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1