AsosiyJamiyat

Toshkentda MIBning katta inspektori pora bilan qo`lga olindi

'Toshkentda MIBning katta inspektori pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi katta inspektori qo`lga olindi. 

U parrandachilik korxonasi hisobidan aksiyadorlik tijorat banki foydasiga jami 11 mln. 108 ming 629 AQSh dollari va 265 ming 187 evro miqdoridagi qarzdorlikni undirish to`g`risidagi ijro ishi yuzasidan, korxonaga tegishli ko`chmas mulklarni baholash ishlari uchun belgilangan xizmat haqini turli vajlar bilan baholash firmasi foydasiga oshirilgan narxda ko`rsatib, bank tomonidan baholash firmasi hisobiga o`tkazilgan ortiqcha pul mablag`idan o`zining ulushi sifatida 2500 AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar