1

Dorixonalarga dori etkazib beruvchi ayol firibgar bo`lib chiqdi

Jamiyat 15.04.2024, 14:26
Dorixonalarga dori etkazib beruvchi ayol firibgar bo`lib chiqdi

Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) Sh.G. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 9.000.000 so`m miqdoridagi pul mablag`lari noma`lum shaxs tomonidan firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirilganligini ma`lum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo`linmalari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Andijon viloyati, Andijon shahrida yashovchi 33 yoshli (ayol) U.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan, (ayol) U.Z. bilan "Telegram" messenjeri orqali tanishib, unga o`zini dorixonalarga dori etkazib beruvchi tadbirkor ekanligi, agarda unga sarmoya kiritsa, berilgan pullarni dori savdosida aylantirib, ko`rilgan foydadan vaqtida berishini aytib, aldov yo`li bilan 9.000.000 miqdoridagi pul mablag`larini o`tkazib olgandan so`ng bergan va`dasini bajarmasdan pullarni o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, U.Z.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1