1

Qozog`istonda pedofillar va bola o`ldirganlar umrbodga qamaladi

Jamiyat 15.04.2024, 16:12
Qozog`istonda pedofillar va bola o`ldirganlar umrbodga qamaladi

Qozog`iston Prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev oiladagi zo`ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan qonunlarni imzoladi. Endilikda pedofillar va bola o`ldirganlar umrbodga qamaladi. Bu haqda Qozog`iston Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ayollar va bolalarga nisbatan zo`ravonlikning har qanday holati uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda. Xususan, qonun urish va qasddan badanga engil shikast etkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi (ilgari buning uchun ma`muriy javobgarlik belgilangan). Sog`liqqa qasddan o`rtacha va og`ir shikast etkazganlik uchun jazo kuchaytiriladi. Qozog`iston ichki ishlar vaziri o`rinbosari Igor Lepexa ta`kidlaganidek, sudlanganlar tergov izolyatorida saqlanadi.

Bundan tashqari, bolalarga nisbatan jismoniy zo`ravonlik va shafqatsiz munosabatda bo`lish bilan bog`liq ishlar, shuningdek, kaltaklash va sog`liqqa engil zarar etkazish bir yil davomida takroran sodir etilsa, tomonlarning yarashish imkoniyati istisno qilinadi.

Qonunda oilaviy zo`ravonlik qurbonlariga maxsus ijtimoiy xizmatlar ko`rsatishga mo`ljallangan oilalarni qo`llab-quvvatlash markazlarini tashkil etish ko`zda tutilgan.

“16 yoshga to`lmagan shaxslarni “jinsiy aloqaga chorlash” jinoiy javobgarlikni o`z ichiga oladi. O`z joniga qasd qilishga olib borish va bunga undaganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish, suisidni targ`ib qilganlik uchun esa jarimalar nazarda tutilgan”,– deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1